← Barcha keyslar

Keys · Yong Xin Ceramics · 2026

Zavod raqamlarini hamkor tiliga o‘girdik.

Keramik plitka zavodi uchun B2B hamkorlar brendbuki: diler, importyor, developer va arxitektor brendni bir xil ko‘rsatishi va tezroq qaror qabul qilishi uchun.

Mijoz
Yong Xin Ceramics
Davr
2026
Rol
brend strateg, marketing team lead
Ish hajmi
B2B brendbuk, xabarlar tizimi, jamoa boshqaruvi
Yong Xin Ceramics brendbuki muqovasi: logotip va brend shiori interyer fonida

Vazifa

Vazifa nima edi.

Yong Xin — 2024-yilda tashkil etilgan, yiliga 22 mln m² quvvatga ega keramik plitka zavodi. Vazifa: zavodning texnik dalillarini B2B hamkorlar uchun bitta tizimga yig‘ish — hamkorlar brendni bir xil ko‘rsatishi, savdo jamoasi bilan esa bitta xabarda gapirishi uchun.

  • 5hamkor segmenti — har birining qaror mezoni boshqa
  • 8eksport davlati — hujjat UZ va EN tillarida kerak edi
  • 3biznes vazifa: tez qaror, bir xil ko‘rinish, bitta xabar
  • 22 mln m²yillik quvvat — bu ko‘lamni hamkorga dalil bilan ko‘rsatish kerak edi

Yondashuv · Qaror arxitekturasi

Besh bosqichda nima qilindi.

  1. 01

    Segmentlash

    Hamkorlarni 5 segmentga ajratdik: diler, importyor, developer, pudratchi va arxitektor. Har biri uchun ehtiyoj, qaror mezoni, asosiy xabar, dalil va ohang belgilandi.

  2. 02

    Xabarlar tizimi

    Message house qurildi: tomida slogan, to‘rt ustunda — o‘lchanadigan sifat, ko‘lam, dizayn va texnologiya, hamkorlik. Har bir da’vo raqam bilan tasdiqlanadi, shunda hujjat savdo menejeri yo‘q joyda ham ishlaydi.

  3. 03

    Identika

    Yangi logotip asosiy belgiga aylandi. Eski yetti qanotli belgi esa pattern sifatida saqlanib qoldi: brend yangilandi, lekin tanishligini yo‘qotmadi. Qizil — yagona aksent rang, B2B materiallarda u maydonning 10% idan oshmaydi.

  4. 04

    Hamkor qoidalari

    Uch hamkor maqomi — Official Distributor, Authorized Dealer, Project Partner — co-branding qoidalari va tasdiqlash tartibi belgilandi. Hamkor brendni o‘zgartirmasdan, bir xil ko‘rsatadi.

  5. 05

    Joriy etish

    Brendbuk Figma va ikki tilli PDF formatida tayyorlandi. Hamkor materiallari ustuvorlik bo‘yicha rejalashtirildi — texnik varaq, katalog, taqdimot, stend — joriy etish esa 30–60–90 kunlik rejaga bo‘lindi.

Asos: J. Romaniuk, “Building Distinctive Brand Assets” (2018); L. Binet, P. Field, “The B2B Effectiveness Code” (LinkedIn B2B Institute, 2019); Gartner, “The B2B Buying Journey”.

Natija

Raqam bilan.

0yangi B2B hamkor · ilk 3 oyda

Ilk 3 oyda 2 yangi B2B hamkor — brend platformasi, yillik strategiya va savdo jamoasi bilan ishlash natijasi. Brendbuk savdo jamoasi va hamkorlarga bitta til berdi: har bir segment o‘z savoliga raqam bilan javob topadi, brendni bir xil ko‘rsatish uchun esa tayyor qoidalar bor.

Manba: Yong Xin Ceramics, tasdiqlangan ma’lumot · 2026

  • SEGMENTLAR5segment uchun alohida xabar, dalil va ohang
  • XABARLAR4ustunli xabarlar tizimi: har da’vo raqam bilan
  • MAQOMLAR3hamkor maqomi va co-branding qoidalari
  • TILLARUZ / ENikki tilli brendbuk: Figma va PDF

Mirjalol avval asl muammoni topdi: bizda mahsulot ham, quvvat ham bor edi, lekin marketing, savdo va hamkorlar har xil gapirardi. U brend platformasi va B2B brendbukni yaratib, marketingni tizimga soldi, jamoani bitta reja atrofida boshqardi va sotuv jamoamizni o‘qitdi. Bugun savdo, marketing va hamkorlarimiz bir xil xabar va bir xil standart bilan ishlaydi.

Mavlon AlimovCEO, Yong Xin Ceramics